Diktantni baholash mezonlari
Diktant lotin yoki kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida yozilishi mumkin.
Diktantni yozishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ehtiyotkorlik bilan xato ustidan chiziq chizib, uning tepasiga to‘g‘ri variantni yozish mumkin.
Diktant 5 ballik tizimda baholanadi:
-“5” baho - matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolarsiz, yoki 3 tagacha imloviy, 3 tagacha ishoraviy xatolar bo‘lsa;
-“4” baho - matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolar soni 4 tagacha, ishoraviy xatolar 4 tagacha bo‘lsa;
-“3” baho - matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilgan, imlo xatolar soni 5 tagacha, ishoraviy xatolar 5 tagacha bo‘lsa;
-“2” baho - matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilmagan, imlo xatolar soni 7 tagacha, ishoraviy xatolar 7 tagacha bo‘lsa;
Imlo xatolar soni 8 va undan ortiq bo‘lganda diktant baholanmaydi yoki 0 qo‘yiladi.
Izoh: Aksiyada faol ishtirok etib, savodxonlikda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan va a’lo baholangan ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar.