Siz diktant.uz aksiyasida ishtirok etmoqchimisiz?
27.05.2019
Siz diktant.uz aksiyasida ishtirok etmoqchimisiz? Unda tanishing:
diktant.uz aholi o‘rtasida o‘zbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, savodxonlikni barcha uchun umumiy normaga aylantirish, shuningdek, yoshlarning til madaniyati masalalarida ijtimoiy faolligini oshirish, yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy aksiya hisoblanadi.
Amalga oshirish mexanizmi:
-
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining internetdagi www.diktant.uz sayti orqali aholining uzluksiz ravishda imlo va savodxonlik borasidagi malakalarini doimiy rivojlantirib borish ishlari amalga oshiriladi;
- Ommaviy diktantni tashkil qilish mexanizmi, muddati, tashkiliy ishlar, onlayn ravishda diktant o‘tkazish, natijalarni e’lon qilish ishlari www.diktant.uz sayti orqali boshqariladi;
- Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.