Yuksak savodxonlik bilan kelajak sari!

30.04.2018

Diktantni ta’lim jarayonidan tashqari bugungi kunda ommaviy jamiyat a’zolarida yozma nutq me’yorlari qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida ham o‘tkazilishi odat tusiga kirib borayotganligi quvonarli holdir. Bu holat oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho boylik – oʻzbek tilining vorislari sifatida ona tilini asrab – avaylash, uning nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan 2018 yilning 11 may sanasida ommaviy diktant.uz - yozma savodxonlik bo‘yicha aksiya o‘tkaziladi.

Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar, ayniqsa talabalar, diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aksiya 2018-yilning 11 may kuni soat 15-00 da bir paytning o‘zida quyidagi manzillar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

Samarqand davlat universiteti;

Andijon davlat universiteti;

Qarshi davlat universiteti;

Termiz davlat universiteti.

 

Aksiyada ishtirok etuvchilar yuqorida ko‘rsatilgan manzillarda 13.00dan 14.30gacha ro‘yxatga olinadi.

14.40da ro‘yxatga olish ishlari tugatiladi.

Ishtirokchilar o‘ziga qulay bo‘lgan yuqoridagi muassasalardan birida aksiya boshlanishidan kamida yarim soat oldin belgilangan auditoriyada bo‘lishlari lozim.