Diktant.uz aksiyasi o‘tkazildi

01.11.2016

O‘zbek tili savodxonligini mustahkamlash, uning ommabopligini oshirish va bunga yoshlar diqqatini tortish uchun 2016- yilning 29-oktabr kuni tashkil etilgan Diktant.uz aksiyasida barcha xohlovchilar o‘z savodxonliklarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

O‘z bilimlarini sinash uchun tashrif buyurgan 100 dan ortiq ishtirokchilar, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari tomonidan o‘qilgan matn, ya’ni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asaridan parchani yozishdi. Mazkur tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilar o‘z diktantlari natijalarini www.diktant.uz sayti orqali 2016 yilning 14 noyabridan keyin shaxsiy profillari orqali tanishib chiqishlari mumkin.