Barcha uchun foydali!!!
20.05.2019
Siz diktant.uz aksiyasida qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘ryapsizmi?
Diktantlar matnida ma’nosi tushunarsiz so‘zlarga duch kelyapsizmi?
Unda sizga ushbu “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yordam beradi.
2006-2008-yillarda nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan nafaqat tildagi barcha so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nosi, ularning qaysi tilga oidligi haqidagi ma’lumotni, balki so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi – imlosini ham bilib olishingiz mumkin.
Siz diktant.uz aksiyasida qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ayrim so‘zlarni to‘g‘ri yozishga qiynalyapsizmi?
“O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati” orqali so‘zlarning har ikki yozuvda to‘g‘ri yozilishi – imlosi bilan tanishishingiz mumkin.
Siz diktant matnlaridagi ayrim so‘zlarning etimologiyasi bilan qiziqyapsizmi? Тildagi har bir so‘zning kelib chiqish tarixi, etimologiyasi haqida siz ushbu etimologik lug‘atlardan(1-qism, 2-qism, 3-qism) ma’lumot olishingiz mumkin.