Diktantni yozish tartibi

26.04.2018

1. Matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi.

2. Keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.

3. Yozish oson bo‘lishi uchun o‘qituvchi birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi, o‘quvchilar yoza boshlaydilar.

4. Gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. Shu tariqa jumlama- jumla o‘qib beriladi.

5. O‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.

Imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.

Diktantni tekshirishda savodxonlikka, imloviy (orfografik, punktuatsion va uslubiy) xatolarga, husnixatga e’tibor beriladi. Xatolar turi va soni ko‘rsatiladi. Diktant natijasi, albatta, ko‘rib chiqilishi, xatolar ustida ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish imkoniyatini beradi va uni takrorlamaslikka o‘rgatadi.

Saytda keltirilgan audiodiktantlar va imlo qoidalari bo‘yicha metodik ta’minot yordamida uzluksiz ravishda o‘z savodxonligingizni oshirib boring!