Diktant oldi onlayn mashg‘ulot

07.05.2018

Diktant.uz saytining “Diktantlar” bo‘limida audio va matnli fayllar keltirilgan.

Tegishli audio faylni tanlagandan so‘ng diktant matnini tinglagan holda tegishli oynaga diktantni onlayn tarzda yozish mumkin.

Diktantni yozgandan keyin audio diktantning matni tekshirish uchun havola etiladi. Shunda siz onlayn tarzda yozgan diktantingizni mustaqil ravishda tekshirishingiz mumkin. Diktantni lotin yoki kirill alifbosida yozish mumkin. Buning uchun saytning tegishli til interfeysi tanlanadi.

Audio va matnli diktantlarni yozish orqali o‘z savodxonligingizni oshirib boring!

Joriy yilning 11 may kuni o‘tkaziladigan aktsiyada ishtirok etish uchun mazkur saytda mashq qiling. Barcha ishtirokchilarga diktant yozishda omad tilab qolamiz.