Diktantni baholash mezoni

21.10.2016

Diktant yozish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa.

Diktant lotin yoki kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida yozilishi mumkin.

Diktantni yozishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ehtiyotkorlik bilan xato ustidan chiziq chizib, uning tepasiga to‘g‘ri variantni yozish mumkin.

Diktantni tekshirishda xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yo‘li bilan ko‘rsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni ko‘rsatish uchun imlo xatosi ostiga ikki chiziq (=), tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (-), uslubiy xato ostiga to‘lqinli chiziq (~) chiziladi. Daftar hoshiyasidagi / (shtrix) imlo, V (ve) tinish belgisidagi, W (dubl ve) uslubiy xatolarni bildiradi. Z (zet) abzasni, ba’zan matndagi behuda bo‘sh qoldirilgan yoki noo‘rin band qilingan satrlarni bildiradi.

Quyidagilar qopol (jiddiy) xato sifatida qabul qilinadi:

- juft so‘zlarni yozishda, satrdan satrga ko‘chirishda defis qo‘ymaslik, shuningdek, defis o‘rnida tire ishlatish va aksincha;

- muayyan gapga xos tinish belgilarini qo‘llamaslik yoki noo‘rin ishlatish (masalan, gap oxirida qo‘yilishi shart bo‘lgan nuqta, so‘roq, undov, ko‘p nuqta, nuqtali vergul kabilarni tushirib qoldirish);

- so‘z shakllarini qorishtirish, almashtirib qo‘llash, masalan, yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g‘ri ishlatish: bevosita – bavosita; beobro‘ – baobro‘; sinfdosh – hamsinf; hamqishloq – qishloqdosh.

Quyidagilar qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xato sifatida qabul qilinadi:

- bir tinish belgisi o‘rnida ikkinchisini almashtirib qo‘llash yoki qo‘sh tinish belgilardan birortasini tushirib qoldirish (masalan, qavslar yoki qo‘shtirnoqlardan bir elementini tushirib qoldirish kabi);

- ba’zi joy nomlari, shaxs otlari yoki personajlar ismini nuqsonli yozish (Ham-robibi - Hamrobuvi, Shchedrin - Shedrin);

- tinish belgilarining birgalikda ishlatilishidagi tartibning buzilishi yoki bittasining tushib qolishi: ?! shaklda emas, !? shaklda qo‘llash; !... shaklda emas, ??? shaklda qo‘llash kabi;

- sostavli atoqli atamalarni yozishda bosh harflarni nuqsonli ishlatish: Xalqlar do‘stligi saroyi – Xalqlar Do‘stligi Saroyi; Yangi Urganch – уаngi Urganch kabi;

- yarim qavsdan so‘ng nuqta ishlatish yoki undan keyingi so‘zni (turdosh otni) bosh harf bilan yozish;

- ba’zi so‘zlarni ikki xil ishlatish: oliy qimmat - olihimmat; hamma vaqt - hammavaqt; obi havo - ob-havo.

Muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion, uslubiy qoida bilan bog‘liq nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi. Masalan, besh o‘rinda h o‘rnida bir so‘zda x yozgan bo‘lsa, hammasi bitta orfografik xato hisoblanadi;

Agar diktantda qaratqich belgisini 3 o‘rinda noto‘g‘ri qo‘llagan bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.

Takroriy va tasodifiy xatolar uchun ball ayirilmaydi:

- Masalan tushunmoq, qutulmoq, turg‘unlik, sukunat kabi so‘zlar barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilib, bir o‘rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi agar qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llansa, takroriy xato hisoblanadi;

- 1441 o‘rnida 1941 yozib qo‘yilsa, tasodifiy xato hisoblanadi. Takroriy va tasodifiy xatolar diktantda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya’ni baholash mezoni va me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.

Har bir diktant ikki martadan tekshiriladi. “5” bahoga da’vogar diktant uch marta tekshiriladi. Baholash oxirgi tekshiruvdan so‘ng amalga oshiriladi.

Baho

Xatolar soni: orfografik/punktuatsion

“5”

0/0

0/1

4

0/2

1/0

2/0

3/0

0/3

1/1

2/1

3/1

0/4

1/2

2/2

3/2

 

 

 

3/3

3

0/5

1/3

2/3

3/4

4/0

5/0

6/0

0/6

1/4

2/4

3/5

4/1

5/1

6/1

0/7

1/5

2/5

 

4/2

5/2

6/2

0/8

1/6

2/6

 

4/4

5/3

6/3

 

 

 

 

4/5

5/4

6/4

 

 

 

 

 

5/5

6/5

 

 

 

 

 

5/6

6/6

2

7/0

8/0

7/1

8/1

7/2

8/2

7/3

8/3

7/4

8/4

7/5

8/5

7/6

8/6

7/7

8/7

 

8/8

Eslatma: Xatolar nisbati 8 ta imlo, 8 ta ishorat xatolardan oshsa, savodxonlik uchun ball qo‘yilmaydi.